Har qanday tur va janrdagi asarda ham mavzular, go`yalar, motivlar obrazlarni yaratadi. Biz asar tahlilida qahramonlar atrofida zo`rlanib aylanib turaveramiz. Ular haqida bir nima deyishga urinamiz. Yo`q, ularning o`zi gapiryapti, mavzu gapirtiryapti, mavzu harakatga keltiryapti ularni. Shuning uchun mavzu qilib obrazlarni emas, motivlar yuzaga keltirgan obrazlarni tahlilga tortishimiz kerak. Shundagina xarakterlar oydinlashadi, ijodkorning ijodkordan farqi bilinadi. turli yozuvchi yoki shoirlar mahorat bilan yaratgan obrazlar(jonli va jonsiz) bir joyda muqoyasa qilinsa, mavzudan obrazga tomon yurish muvaffaqqiyatli bo`ladi, ishonavering! bu strukturalizmning eng zo`r qoidalaridan biri. Ayniqsa qiyoslash chekingizga tushgan bo`lsa. Marhamat, tahlilga sho`ng`ing!