O'lim yetib kelganida ham
Qadam tovushinimi eshitmoq istaysan?
Umrim bo'yi takror shu so'zing: Jim, deysan.
Azizim, so'ng lahzada yolg'iz
Yolg'iz shu lahzada "Jim " dema!
Men axir bu safar haqiqatnimas
Seni sevganimni aytmoqchi edim.
Jim yashadim sevganim uchun
Anglaysanku sen buni
Ko'zlarimdan isyonimni
Inkorimni
Anglaganing kabi.
Izhorimni ham
Anglaysan zotan.
Faqat "Jim" dema
Sen so'ng bor eshitgin
Qo'ng'iroq tovushim bilan
Sevishimni.
Men esa ovozimni!
Ruxsora Nur