KARAM * KABI
Havo qo’rg’oshin kabi,og’ir!
Baqir,
Baqir,
Men ham baqiryapman!
Keling,qo’shin,qo’shin
Bo’lib keling,
Qo’rg’oshin eritmoqqa.
Men
Sizni chaqiryabman!
Bittasi aytadiki:
— Munchalik baqirasan
O’z ovozing o’tidan kuyib kul bo’lasan.
Hey
Karam kabi
O’rtanasan,
Yona,yona,kul bo’lasan!..
“Daaard
Ko’pu
Hamdard
Yo’q”.
Yurak —
Laring
Quloq –
Lari
Munchalik kar,
Munchalik kardir,axir.
Havoda qo’rg’oshin og’irligi bor…
Shunday deb aytamanki:
— Karam
Kabi
Yona,
Yona,
Kul bo’ldam,bo’laqolay!
Men yonmasam,
Sen yonmasang,
Biz yonmasak,
Qanday
Qilib
Qorong’iliklar
Yorug’likka chiqar!
Havo esa tuproq kabi cho’ng,vazmin,
Havo qo’rg’oshin kabi,ogir!!
Baqir,
Baqir,
Men ham baqiryapman!
Keling,qo’shin,qo’shin
Bo’lib
qo’rg’oshin
eritkani,
Men
Sizni chaqiryapman.
1930,may
Nozim Hikmat