View in Telegram
#salomatlik@Tabiy_davo https://t.center/+FgbEHxqvqco3YWFi Kasallikdan keyingi muhim davr! Har qanday yoshdagi yaqinlaringiz chaqaloqdan tortib qariyalargacha virusli yoki bakterialniy kasallikka chalinganida, bemor tuzalganidan keyin ham 1 oygacha mineral suvlar bering. Masalan, orsa, reo, trace mineral drops, borjomi, chortoq, essentuki gazini chiqarib. Chunki har qanday kasallik payti organizmda minerallar yo’qotiladi. O’zi shundog’am bolalarda mineral tanqis, organizm tiklanmay tez-tez kasal bo’lishadi. Natijada, organizm kasallik bilan kurashish uchun suyaklardan, to’qimalardan, qondan minerallarni ishlatadi. Ayniqsa istma bilan kechadigan kasalliklarda bu jarayon 2x bo’ladi. Shuning uchun ham istmada ibuprofen yoki paratsetamol emas, orsa yoki reo beringlar deyman. Xop bola kasallandi, biz mineral bermadik, amallab bir nimalar qilib tuzatdik keyin ishlatilgan minerallar o’rni to’ldirilmasa nima bo’ladi? Eng ko’p uchraydigani, xaddan ziyon injiqlik oshishi(bu intoksikatsiyani ham hisobiga bo’ladi), tish yemirilishi, suyak qiyshayishi, bo’y o’smaslik, soch to’kilishi, tirnoq mo’rtlashishi, nutq kechikishi va hkz uzundan uzun kasalliklar asorat sifatida kelib chiqarveradi. Mineral suvlarni bola bittada ko’p miqdorda icha olmaydi. Shuning uchun unga 5-10mldan tez tez taklif qiling. Asosiysi, suvsizlanib qolishiga yo’l qo’ymang. Agar kasallikdan keyin to’liq tiklanishiga yordam bersangiz, bola hadeb kasal bo’lavermaydi. Antibiotik oldi, istma tushdi, kayfiyati normallashdi tuzaldi degani emas. To’liq yo’qotilgan mineral va vitaminlar joyiga qaytganidagina bemor to’liq tuzaldi deya olamiz. Bizda shu jarayonga e’tibor berilmagani uchun doim bir kasallik atrofida aylanaveramiz yoki asorat sifatida 2-kasallikni kutib olishimizga to’gri keladi Alloh asoratsiz shifo bersin🌹
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily