📖Sho‘rchi va Jarqo‘rg‘on tumanlaridagi 90 nafar davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbar va xodimlariga chora ko‘rildi
✏️Surxondaryo viloyat prokuraturasi voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat tarmog'ining 2024-yil 2-yarmi uchun belgilangan ish rejasiga muvofiq viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda
Sho‘rchi va Jarqo‘rg‘on tumanlaridagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
✅O‘rganishlar yakuni bo‘yicha Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i
Xusniddin Mamadiyev hamda viloyat prokuraturasi voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo'limi boshlig'i
Bobur Rahmonovlar rahbarligida hududlardagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari uchun yig‘ilish o‘tkazildi.
🔔Tanqidiy-tahliliy ruhda kechgan majlisda bolalarni sog‘lom ovqatlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud sharoitlarga e’tibor qaratildi. Boshqarma boshlig‘i bolalarga ratsion asosida, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilgan holda tayyorlangan ovqatlarni berish lozimligini ta’kidlab, mutasaddilarga bu borada qat’iy nazorat o‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tdi.
👆Aniqlangan xato va kamchiliklar yuzasidan Sho‘rchi tumanidagi
18 nafar davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari,
16 nafar xo‘jalik mudiri, 19 nafar hamshiraga, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 4 nafar davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari, 15 nafar xo‘jalik ishlari mudiri, 14 nafar hamshiraga "hayfsan" intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. Shuningdek, Sho‘rchi tumanidagi 4 nafar davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi.
🔗Viloyatning boshqa hududlarida ham belgilangan reja asosida o‘rganish ishlari olib boriladi.
🕊Telegram 📱Facebook
📱Instagram 📺You tube
🕊Twitter ✅Veb-sayt