View in Telegram
📣 Maktablarda bosqichma-bosqich maktab sport klublari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya fani oʻqitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra: 2025-yil 1-martga qadar: boshlangʻich, oʻrta va yuqori sinf oʻquvchilari yosh toifasi boʻyicha harakatli oʻyinlar, olimpiya va ommaviy sport turlariga ustuvorlik berish orqali sport turlari roʻyxati shakllantiriladi; 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab: davlat taʼlim standartlari asosida 5-11-sinflar uchun jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun oʻquv-metodik qoʻllanmalar ishlab chiqiladi; oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida har bir maktabda bosqichma-bosqich maktab sport klublari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi; har yili anʼanaviy tarzda maktab oʻquvchilari oʻrtasida sportning (quvnoq startlar) mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkout turlari boʻyicha uch bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etiladi; 2025-yil 1-iyunga qadar: maktab oʻquvchilarining sport musobaqalaridagi ishtiroki, maktab sport klublarining faoliyati, oʻquvchilarni sportga qamrab olinganlik darajasi yuzasidan reyting tizimi ishlab chiqiladi; reyting natijalari asosida eng yaxshi natijaga erishgan maktablarning jismoniy tarbiya oʻqituvchilari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sport vazirligining tarmoq mukofotlari bilan taqdirlanadi; 2025-yil 1-mayga qadar: maktab sport klublari aʼzolari uchun Zomin tumani “Lochin” dam olish maskanida oʻquvchilarni sport musobaqalariga tayyorlash bazasi tashkil etiladi; 2025-yil 1-iyulga qadar: jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi; Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq: jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga toifa berishning (2 bosqichli) yangi tartibi ishlab chiqiladi va birinchi bosqich (test jarayonlari) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan, ikkinchi bosqich (amaliy imtihon) Sport vazirligi tomonidan tashkil etiladi; har oʻquv yili yakunida oʻquvchilarning sinflar boʻyicha jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi; yuqori natijaga erishgan maktab sport klublari aʼzolari uchun davlat sport taʼlim muassasalarida nufuzli xalqaro sport musobaqalari gʻolib va sovrindorlari ishtirokida amaliy mahorat mashgʻulotlari tashkil etiladi; eng yaxshi natijaga erishgan maktab sport klubi aʼzolari uchun Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi, Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi va yurtimizdagi mashhur sport obeʼektlarida mahorat mashgʻulotlari tashkil etiladi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Telegram Center
Telegram Center
Channel