Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
⭐️ Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi va tuman (shahar) bo'limlari tomonidan 2024-yilning 12 oyi mobaynida aniqlangan4 178 ta holatda, 670.94 gektar yer maydonlari Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ✔️ o'zboshimchalik bilan egallab olingan.
✅ Quyidagi infografika orqali o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarining tuman (shahar)lar kesimida ma'lumot olishingiz mumkin.
Xodim mavjud manfaatlar to‘qnashuvi o‘ziga maʼlum bo‘lganda rahbariga yoki maxsus bo‘linmaga xabar berishi shart
🌏 Davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi quyidagi hollarda mavjud manfaatlar to‘qnashuvi o‘ziga maʼlum bo‘lib qolgan paytdan eʼtiboran 1 ish kuni ichida mavjud manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi belgilangan shakldagi xabarnomani to‘ldirishi va o‘zining bevosita rahbariga (tashkilot rahbariga – yuqori turuvchi rahbarga) yoki maxsus bo‘linmaga taqdim etishi shart, agar:
🔵 yaqin qarindoshlari bevosita xodimning bo‘ysunuvidagi ishga qabul qilingan bo‘lsa (davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi lavozimga ishga qabul qilingan hollar bundan mustasno) yoki xodimning ishiga fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida o‘ziga aloqador shaxslar jalb etilgan bo‘lsa;
➡️ u o‘ziga aloqador shaxslarga taalluqli masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etayotgan bo‘lsa;
➡️ yaqin qarindoshi tekshiruv o‘tkazilayotgan obyektda (yuridik shaxsda) tekshiruv yo‘nalishi bo‘yicha masʼul mansabdor shaxs sifatida ishlayotgan bo‘lsa yoki mazkur tekshiruv obyekti (yuridik shaxs) unga aloqador shaxs bo‘lsa;
➡️boshqa har qanday mavjud manfaatlar to‘qnashuvi o‘ziga maʼlum bo‘lib qolsa.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 2024-yil hisobotlariga ko'ra, mulkdorlari eng ko'p bo'lgan hudud Samarqand viloyatidir
🇺🇿 Respublikamiz miqyosida jismoniy shaxslar egaligidagi jami obyektlar 2025-yil 1-yanvar holatiga ko'ra 8 120 538 tani tashkil etmoqda.
✅ Bu esa yurtimizda kambag'allikni qisqartirish va aholi turmush tarzini yanada yaxshilash borasidagi islohotlar samarasi o'laroq, mulkdorlar soni kun sayin ko'payib borayotganidan dalolatdir.
➖ Eng ko'p mulkka egalik qiluvchi jismoniy shaxslar esa doimgidek Samarqand viloyatida qayd etildi.
📊Hududlar kesimidagi batafsil ma'lumotlar mazkur infografikada.
🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurash bo’limi mutaxassislari ishtirokida boshqarma xodimlariga yig’ilish o‘tkazildi.
💠 Yig‘ilishda, xodimlariga O'zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonuniga muvofiq hamda Davlat kadastrlari palatasi raisining “Ko‘chmas mulklarni xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi uslubiy qo‘llanmani tasdiqlash haqida”gi buyrug'i talablari ijrosini ta'minlash maqsadida xatlov jarayonlarida korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik yuzasidan tushunchalar berdilar.
💠 Jumladan O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 24 noyabrda Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi O‘RQ-419-son qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 yildagi 829-son qarori atroflicha tushuntirildi.
💠 O‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondashgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi. Korrupsiya nafaqat har bir tizimni balki uni sodir qilgan insonning yaqinlari va oilasini ham yemirishi mumkinligi alohida taʼkidlandi.
💠 Xodimlarning huquqiy ongini oshirish maqsadida sohada yangi joriy qilingan qaror va qonunlar haqida atroflicha tushunchalar berildi va har bir noqonuniy qilingan xati-harakatiga jazo muqarrarligi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Huquqlarni eʼtirof etish hududlar bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, buning uchun Kadastr agentligi har yili reja-jadval tasdiqlaydi, unga asosan:
⭐️Kadastr agentligiAvtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratib, unga barcha yerlar bo‘yicha 6 xil turdagi birlamchi maʼlumotlarni kiritadi;
➡️Vakolatli organlar (hokimlik, qurilish, ekologiya, soliq, “O‘zbekkosmos” agentligi va boshqalar) har bir yer uchastkasi bo‘yicha o‘z vakolatidagi maʼlumotlarni tizimga kiritadi;
⌨️Tizimda shakllantirilgan elektron yig‘majild mahalla binolarida, Kadastr agentligi saytida hamda boshqa manbalarda eʼlon qilinadi.
🖌To‘plangan hujjatlarning to‘liqligi va qonuniyligi adliya organlari tomonidan o‘rganib chiqiladi.
📱Ijobiy xulosa qabul qilingan fuqarolarga Kadastr agentligi tomonidan xabarnoma yuboriladi.
🗂Xabarnoma asosida bir martalik to‘lovni amalga oshirganlarga har chorakda xalq deputatlari viloyat Kengashi qarori bilan huquqlar eʼtirof etiladi.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🌎🌎🌎🌎 ⭐️Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan 2025-yil 01-yanvar holatiga viloyat bo'yicha yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olish 4 178 ta yoki 670.94 gektar holat aniqlandi.
📢 Quyidagi infografika orqali o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlari va maqsadsiz foydalanilayotgan yerlar bo'yicha ma'lumot olishingiz mumkin.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 😞😡😞😕-YIL SARHISOBI Yerlarni auksionga qadar aniqlash va dasturga joylashtirishni tashkil qilish shoʻbasida 🌟 2024-yildaDavlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi qanday yutuqlarni qo'lga kiritdi?
➡️ Vazifalar amalga oshirilishi yuzasidan qanday natijalarga erishildi?
🇺🇿2025-yilda qaysi yangi loyihalar va maqsadlar kutilmoqda?
🎚 Bu savollarga Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yilnoma hisobotlari orqali javob berib boradilar.
🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Yerlarni auksionga qadar aniqlash va dasturga joylashtirishni tashkil qilish shoʻbasi boshlig‘i ISOMIDDIN KURBONOVYerlarni auksionga qadar aniqlash va dasturga joylashtirishni tashkil qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma'lumotlar berdi.
➡️Surxondaryoda aholi manfaatlari yo'lidagi sayu harakatlar davom etmoqda jumladan Angor tumani misolida.
🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining tuman,shahar filial xodimlari bilan birgalikda "Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida kadastr bilan bog‘liq muammolarni hal etish yuzasidan muntazam ravishda «Mahallabay», «Xonadonbay» o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
💠 Xususan, Angor tumani filiali xodimlari tomonidan tumanningZartepa, Kattaqum, Oqtepa, Guliston, va Qorabog‘ mahallalaridan kelgan murojaatlar qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etilgan.
💠Ma'lumot o'rnida, 2024 yil davomida Angor tumani filialiga 170 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan bo‘lib murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami 178 ta murojaatdan 114 ta ijobiy hal qilingan, 55 ta huquqiy tushunchalar berilgan, 9 ta rad etilgan.
Surxondaryo viloyatidagi 2 433 dan ortiq ko‘chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling.
🗺 Oltinsoy tumanidan 115 ta (ko'rish) 🗺 Angor tumanidan 126 ta (ko'rish) 🗺 Bandixon tumanidan 57 ta (ko'rish) 🗺 Boysun tumanidan 118 ta (ko'rish) 🗺 Muzrabot tumanidan 150 ta (ko'rish) 🗺 Denov tumanidan 404 ta (ko'rish) 🗺 Jarqo‘rg‘on tumanidan 67 ta (ko'rish) 🗺 Qumqo‘rg‘on tumanidan 226 ta (ko'rish) 🗺 Qiziriq tumanidan 113 ta (ko'rish) 🗺 Sariosiyo tumanidan 275 ta (ko'rish) 🗺Termiz tumanidan 131 ta (ko'rish) 🗺 Uzun tumanidan 227 ta (ko'rish) 🗺 Sherobod tumanidan 133 ta (ko'rish) 🗺Sho‘rchi tumanidan 220 ta (ko'rish) 🗺Termiz shahridan 71 ta (ko'rish)