View in Telegram
Forwarded from Oybek
Endi oʻylab qoldim: hayotni kam sevish natijasimikan bu? Bir kishi bilan hayotni chegaralab olish, hayotida undan boshqa hech narsa boʻlmasligi... Men xayrlashuvdan keyin 5-6 yil oʻtib, ota boʻlganimdan keyin hayotni boshqacha seva boshladim. Hayotga talpinish kuchaydi. Hayotiy strategiya tuzildi. Tizimli maqsadlar qoʻyildi. Hayotdan zavq ola boshladim. Hatto yolgʻiz qolishdan qoʻrqmaydigan boʻldim. Chunki men odamlarni emas, hayotni seva boshlagandim. Yaʼni kimni yoʻqotma, bari bir sen eng sevgan narsa - hayot oʻlguningcha davom etadi. Uni oʻlimgacha hech kim tortib ololmaydi. Men hayotning goʻzalligini avval his qilmaganimni tushundim. Men endi bu musaffo havoda kim bilan nafas olsam ham boʻgʻilmayman. Madonna bilanmi, Komila yo Kamola bilanmi, farqi yoʻq. Agar insonda yaratish ishtiyoqi paydo boʻlsa, odamlarga bogʻlanib qolmas ekan. Lekin bu beeʼtiborlikdan biroz farq qiladi. Sevasan, lekin sening goʻzal hayoting toʻxtab qolmasligini sezganing uchun qoʻyvorishga ham tayyorsan. Hayotni sevganing uchun baxillik, qizgʻanchiqlik qilmay, bemalol baxt tilay olasan. Biz lahzalarni emas, jarayonni qadrlaganda har qanday lahzaning tugashi bizni qoʻrqitmaydi. Muhimi, jarayon, yaʼni yashash, yangi sarguzashtlar davom etadi. Hayot - bu sarguzasht! Biz esa uni oʻzimiz qoyada osilib qolgan tragediya deb tasavvur qilganimiz uchun ham yoʻqotishlardan qoʻrqamiz. Biz hech narsani yoʻqotmaslik uchun emas, yashash uchun, yangi sarguzashtlarni topish uchun kelganmiz. Bir paytlar ochkoʻz, xasisga oʻxshab, bitta qizni qoʻyvormay, hayot bor-yoʻgʻi shundan iborat deb telbaliklar qilib, bitta odamga yopishib olganimga kulgim qistaydi. Mendek telba boʻlmagandir. Lekin hozir u yonimdan chiqib qolsa, qimmatli vaqtimni oʻgʻirlab, xalal beradi, xolos. Yaʼni hayot oq-qora emaski, uning mazmuni faqat sevish desak. U kamalak. Faqat uni sevganlarga koʻrsatadi qolgan ranglarini. Necha yildirki, otamning orzularini amalga oshirish men uchun hayotiy missiyaga aylangan. Yoqimli, qiziqarli jarayon!
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily