Asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 137,6 trln soʻmga oshgan🏢 Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilda Oʻzbekistonda asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 493,7 trln soʻmni tashkil etgan.✅ Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 137,6 trln soʻmga oshgan.
✅ Oʻzbekistonda soʻnggi 5 yildagi asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi tahlil qilinganda 2,3 barobarga oshgani kuzatilgan.