⚡️Bo‘sh turgan yaylovlar nazoratga olinadi
Hukumat qarori bilan "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, yaylovlardan oqilona foydalanish uchun quyidagi choralar ko‘zda tutilgan:
🔸yaylovlar almashinishi va suv manbalarini hisobga olgan holda foydalanish;
🔸chorva mollarini o‘tlatishda yo‘l qo‘yiladigan maksimal me’yorlarni belgilash;
🔸 yaylovlar almashinishi rejasiga muvofiq harakat qilish;
🔸yerlarning qishloq xo‘jaligi aylanmasidan chiqib ketishining oldini olish, shu jumladan, begona o‘tlar bilan qoplanishini va chiqindilar bilan ifloslanishini oldini olish.
✅Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл