View in Telegram
#soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar #suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq 2025-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari: Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliqlarni o‘stirish (yetishtirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi yerlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar soliq stavkasiga quyidagilar qo'llaniladi: ▪️suv tejaydigan sug'orish texnologiyalari joriy qilinganda hamda sug‘orish uchun olingan suv o'lchash uskunalari asosida aniqlanganda - 0,5 kamaytiruvchi koeffitsient; ▪️suv tejaydigan sug'orish texnologiyalari joriy qilinganda yoki sug'orish uchun suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanganda - 0,7 kamaytiruvchi koeffitsient; ▪️baliqchilik uchun olingan suv hajmi suv o'lchash uskunalari asosida aniqlanganda - 0,7 kamaytiruvchi koeffitsient; ▪️suv tejaydigan sug'orish texnologiyalari joriy qilinmaganda hamda sug'orish uchun olingan suv hajmi suv o'lchash uskunalari asosida aniqlanmaganda - 1,1 oshiruvchi koeffitsient. Avval yagona 0,7 kamaytiruvchi koeffitsient qo'llanilgan. Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari soliq stavkasiga 0,7 gacha kamaytiruvchi yoki 1,5 gacha oshiruvchi koeffitsientlar belgilashga haqli. ❗️Elektr stansiyalari va kommunal xizmat ko'rsatish korxonalari, qishloq xo'jaligi yerlarini sug'orish va baliq yetishtirish uchun foydalaniladigan suv hajmi, shuningdek ro‘yxati O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadigan yirik soliq to'lovchilar bundan mustasno. 👉 Soliq kodeksi 445-moddasi Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily