View in Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotini qurish uchun foyda soligʻi imtiyozi beriladi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu jarayonga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish imkoniyatlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. PQ-49 31.01.2024 Hujjatga koʻra, 2030-yil 1-yanvarga qadar – yuridik shaxslarga oʻz mablagʻlari hisobidan nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari binolarini qurish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning foyda soligʻini hisoblashda 2 yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlash huquqi beriladi. Bunda, nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini bepul oʻqishga qabul qilish boʻyicha litsenziya talablari bajarilmagan taqdirda, chegirib qolingan foyda soligʻi summasi Davlat budjetiga qaytariladi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily