«Biz zoʻravonlikka qarshimiz» aksiyasi davom etmoqda
Beruniy tumani Lolazor MFY da "Biz zoʻravonlikka qarshimiz" aksiyasi oʻtkazildi. Aksiyada tuman xotin qizlar boʻlimi boshligʻi, respublika reabilitatsiya va moslashtirish markazi rahbari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi mutaxassisi ishtirok etdi.
Aksiya dovomida mahallada tazyiqqa uchragan ayollar bilan seminar trening oʻtkazildi. Seminar treningda mahalla faollari, tazyiq va zoʻravonlikka uchragan ayollarga uning qurboni boʻlib qolmaslik va jabirlanganlik holatida qanday yoʻl tutish kerakligi haqida psixologik, yuridik tushunchalar berildi. Trening ishtirokchilari oʻzlari qiziqtirgan savollariga javob olishdi.📝Telegram | 💻Instagram | 📝Facebook | 🎖ihma.uz