2024 - sarhisob..✨
Men ham el qatori yil sarhisobi sifatida sizlar uchun nimadir qoralab qoʻygim keldi va boshladim.
Yilimiz ajoyib va oʻta tez oʻtdi. Koʻz tegmasin, ancha ishlarga ulgurdik.
Yil davomida anglagan eng katta haqiqatim - inson sogʻligi doim birinchi oʻrinda. Men bu gapni avval ham koʻp aytardim, ammo shu yil buni amalda teran angladim.
Bu haqida manashu va bu postlardan biroz tanishib olishingiz mumkin.
Ishqilib, bu yil boshqa yillardan koʻra koʻproq marta sogʻligim bilan muammolarga duch keldim, shukr, hammasi ortda qoldi. Muhimi, anglaganlarimiz koʻp boʻldi. Muhimi, ogʻir kunlarimizda kimlar yonimizda turishini tushundik..
Keyingi saboq esa - 'asablarni asrash' haqida boʻldi. Bu yil muammolarga eng befarq versiyamda yashadim, negadir tanish-bilishlarga ham, muammolarga ham e'tibor bergim kelmadi, deyarli hech narsani jiddiy olmadim. 'Hammasi joylashadi' deb yashadim va buni sizlarga ham maslahat beraman, hayot ancha osonlashadi.
Bu yil menga bir qancha yangi tanishlar berish bilan birgalikda oʻtmishdagi insonlarni ham qayta olib keldi. Shunchaki uzilib ketgan aloqalar yillar oʻtib qayta tiklandi, yilning ikkinchi yarmida shunaqa kutilmagan oʻzgarishlar boʻldi..
Oʻzimni, odamlarni tushunishga harakat qildim, axir xatolarimizga koʻz yumsak, baxtliroq boʻlamiz.. Insonlarning ikkiyuzlamachiligi, insofsizligini normal qabul qilishni har yilgidan koʻproq oʻrgandim. (avval ham uncha ogʻir olmasdim).
Munosabatlarda qanday muhit yaratish ustida ishladik, oʻzimiz uchun aynan qanday insonlar kerakligini, nimalar kerakligini ancha yaxshi angladik...
Yuqoridagi sanalganlar yangilik emasdi, ammo shu yil har doimgidan koʻproq tushunib bordik..
Bir necha masalalarda fikrlashim tubdan oʻzgarib ketdi. Shu bilan birgalikda, dinning oʻz hayotimda, tabiatimda, hatto fikrlashimda, ijtimoiy munosabatimda nechogʻlik ahamiyatli ekanini jonli misollar taʼsirida tushundim.
Xullas, xulosalar koʻp edi. Hozir hayolimga kelganlarini qoralab qoʻyyapman. Shaxsiy planlar tahlili haqida hech qachon odamlar bilan boʻlishgim kelmagani uchun bu yerda asosan, sogʻlik, networking, va shaxsiy point of view'lar haqida biroz yozib oʻtdim.
Xullas, yil ajoyib boʻldi. Berganiga, bermaganiga birdek Shukr.✨@Sobirovna_me