View in Telegram
Ancha yillar avval jimjimador soʻzlar bilan safsata oʻqilayotgan xonada oʻrnimdan turib 'Har bir munosabat manfaat ustiga quriladi, qayerga borsangiz boravering, haqiqat shu' dedim. O'sha xonadagilarning barchasi barobar 'Hammani oʻzingga oʻxshatma, odamlar sen kabi xudbin emas!', 'Sening har bir gaping toʻgʻri boʻlavermaydi!' deya chugʻurlashdi. Indamay xonadan chiqib ketdim.. Yillar oʻtib, mana, qayta koʻrishdik..Ajabo.. negadir hamma oʻsha fikrni haq deb ilgari sura boshlabdi . Ular bu haqiqatni aynan qaysi vaziyatda tan olishgani qiziqarli jumboq.. Men oʻshanda ham, hozir ham 'men haqman!' deb, ularning yoqasiga yopishmadim, yopishmayman ham. Men fikrimni aytdim, qolgani vaqtga qoldi oʻshanda.. Shunchaki baʼzi haqiqatlar isbotlanishi uchun yillar kutiladi.. aksariyat odam bolasi aynan shu narsani yashab koʻrmaguncha tan olmaydi, tasdiqlay olmaydi.. Nima boʻlganda ham, munosabatlar manfaatlarga tayanadi. Eʼtirozlar boʻlsa, mayli.... @Sobirovna_me.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily