View in Telegram
'Men bu foniy olam aro shuncha yashab, Intizorlik ne ekanin bilmay oʻtdim..' ..Esladim-u, xayollarim ketdi tarqab, Kutgan edim.. oylar qadar seni kutdim.. "Men bu foniy olam aro shuncha yashab, Hech bir zamon sevgi debon boʻlmadim mast" Xayollarim tuman misol ketdi tarqab, Axir ishqing ichra topdim ming bir shikast.. 'Men bu foniy olam aro shuncha yashab, Sogʻinch bilan boʻlmadi hech yoʻlim tutash..' Deb oʻylabon xayollarim ketdi tarqab, Axir sen-chun soginchga boʻldim jontalash.. 'Men bu foniy olam aro shuncha yashab, Hech bir koʻngil kulgusiga boʻlmam fido'.. Bu gal tagʻin xayollarim ketdi tarqab, 'U kim edi?!' - ich-ichimdan keldi nido.. 'Men bu foniy olam aro shuncha yashab, Kimsaga she'r bitib, boʻlmadim jonhalak!' Bu gal oxir qoʻlim titrab qildi xitob : Axir oʻzim yozib berdim, ey koʻrnamak ! ©Sobirovna. || 29. 09. 2024. @Sobirovna_me.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily