🇺🇿 Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining telegramdagi rasmiy sahifasi
• Murojaat yo'llash uchun:
@sirdaryo_mmtbga_murojaat_bot
✔️ O'quvchilarning ijodiy mahoratlarini oshirish va ularning ijodga boʻlgan qiziqish va intilishlarini qo'llab-quvatlash maqsadida, joriy yilning 10-yanvar kuni Sirdaryo viloyat bolalar kutubxonasida "Kitob beminnat doʻst" nomli ijodiy uchrashuv oʻtkazildi.
🔼Ushbu tadbirda Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi shoira Sayyora Ernazarova, Boyovut tumani 3-umumtaʼlim maktabi kutubxonachisi havaskor shoira Toshboyeba Saodat va ijodkor oʻquvchilar ishtirok etdi.
#seminar ✅Joriy yilning 10-yanvar kuni Guliston shahar 12-umumta'lim maktabida yoshlar ma’naviyatini oshirish, ularning liderlik mahoratini rivojlantirish va kelajak avlodga namuna bo’ladigan yetuk shaxslarni tarbiyalashga qaratilgan “Liderlik mahoratini rivojlantirish, jamoa o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish” mavzusida seminar tashkil qilindi.
➡️Seminar davomida ta’lim sifatini baholashning PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS xalqaro dasturi haqida so'z yuritildi. Psixolog tomonidan sog‘lom muhit yaratish va liderlik faoliyati ahamiyati to'grisida ma’ruzalar tinglandi va turli trening mashqlari o'tkazildi.
📚Tadbir so'ngida 12-umumta'lim maktabi o'qituvchilari tomonidan O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asaridan "Oybaldoq"sahna ko'rinishi qo'yib berildi.
Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida yangi baholash tizimi joriy etilgan maktablarda faoliyat yuritayotgan ingliz tili va matematikafan ustozlari uchun oʻzaro tajriba almashishlarini tashkil etish va metodik yordam koʻrsatish, shuningdek, ta’til kunlarini mazmunli o'tkazish maqsadida “Flying is mathematics” va “English time” nomli amaliy oʻquv- seminari tashkil etildi.