Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2024-yil yakunlariga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi samaradorligini reyting baholash bo‘yicha shakllantirilgan dastlabki natijalar Reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhiga taqdim qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Xalq banki ATBning matbuot xizmati rahbari davlat tashkilotlari faoliyatining ochiqligiga oid talablarga rioya etmagani uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgani yuzasidan
Ushbu holat bo‘yicha Xalq banki axborot xizmati rasmiy telegram kanali va “Antikorrupsiya” nomli telegram kanal tomonidan rasmiy manbalarga tayanilmagan hamda jamoatchilikni chalg‘ituvchi maʼlumotlar eʼlon qilindi.
2024-yilda amalga oshirilgan ishlar, natija va ko’rsatkichlar
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2024-yilda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, davlat byudjeti mablagʼlarining samarali sarf etilishini nazorat qilish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash, xalqaro hamkorlik koʼlamini kengaytirish yoʼnalishlarida amalga oshirilgan ishlarga bag'ishlangan brifing boshlandi.
Brifingni АOKАning Facebook tarmogʼidagi rasmiy sahifasi, shuningdek, "O'zbekiston" telekanali orqali jonli tarzda tomosha qilishingiz mumkin.
Davlat idoralari va davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan tashkilotlar, NNTlar tomonidan homiylik va xayriya mablag‘larini ajratish va qabul qilish, shuningdek ularning sarflanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamoatchilikka ochiqlanib borilishi kerakmi?
Tanlovlarda o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etganligi aniqlandi
OAVda AT “Xalq banki” tomonidan o‘tkazilgan tanlovlarda o‘zaro affillangan shaxslarga tegishli tadbirkorlik subyektlari ishtirok etganiga oid eʼlon qilingan materiallar o‘rganib chiqildi.
O‘rganishda tanlovlarda ishtirok etgan tadbirkorlik subyektlari — g‘oliblikni qo‘lga kiritgan “Chinor” xususiy korxonasi va “Toshkent-Termiz-Qurilish” MCHJ haqiqatan ham o‘zaro affillangan shaxslarga tegishli ekanligi o‘z tasdig‘ini topdi.
Mazkur davlat xaridlari “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlar talablariga zid ravishda o‘tkazilgan.
Agentlik tomonidan yuqoridagi qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida oldini olish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdimnoma kiritildi.
Shuningdek, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish maqsadida to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborildi.
Barchangizni kirib kelayotgan Yangi 2025-yil bilan samimiy muborakbod etaman!
Yangi yil qutlug‘ va barakali kelib, har birimizning hayotimizda, jonajon yurtimizda yorqin lahzalar va unutilmas shodiyonlarga boy bo‘lishini tilayman!
Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Yaponiyaning Nagoya iqtisodiyot universiteti professori Okuda Saorini Agentlik binosida qabul qildi.
Muloqot avvalida Akmal Burxanov O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
Uchrashuvda Okuda Saori Nagoya universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishi bo‘yicha alohida magistratura dasturi tashkil etilganligini ma’lum qilib, dastur yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar Agentlik va Nagoya iqtisodiyot universiteti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning rivojlantirish istiqbollarini kengaytirish bo‘yicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
Universitet mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga kelib tushgan murojaatga asosan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya universiteti Toshkent filiali faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish natijasida filialning mansabdor shaxslari qonunchilik talablariga zid ravishda 740 mln so‘mlik ish haqini ortiqcha to‘lab yuborib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan filial mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda o‘rganish jarayonida to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi.