#tashrif✅ Joriy yilning 24-yanvar kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutiga
Respublika "Qalqon" jamoatchilik guruhi rahbari Anvarmirzo Qudratov tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Institutda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, axborot resurs markazi hamda "Qalqon" jamoatchilik guruhi faoliyati bilan tanishdi.
👦 Bundan tashqari, institut tyutorlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, “Qalqon” jamoatchilik guruhi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, talabalarning turar joylarida jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta’minlash, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish va ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
⚡️ Tashrif yakunida A. Qudratov tyutorlar va "Qalqon" guruhi faoliyatini yanada takomillashtirish masalasi yuzasidan o'zining fikr-mulohazalarini bildirib o'tdi va ularning Institutdagi faoliyatlarini ijobiy baholadi.
🪐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
✅Telegram ✅Facebook✅Instagram ✅ shdpi.uz ✅You tube