Arab tilidagi yuklama mavzusi haqida Arab tilida shunday yuklamalar borki, ular "opa-singillar" hisoblanadi. Ya'ni bir-biriga o'xshash va doim birgalikda eslanadi. Keling, ularni o’rganib chiqsak.
1⃣«
Albatta, haqiqatda - إِنَّ»
Masalan: إِنَّ البُخْلَ عَيْبٌ لِلإِنْسَانِ العَاقِلِ
Haqiqatda baxillik oqil inson uchun ayb.
2⃣«
...ki;...cha;...ni - أَنَّ»
Masalan: سَمِعْتُ أَنَّ عُثْمَانَ أَصْبَحَ عَالِمًا مَشْهُورًا
Eshitdimki, Usmon mashhur olim bo'libdi.
3⃣«
Xuddi, go'yo - كَأَنَّ»
Masalan: كَأَنَّ هَذَا الكَلْبَ ذِئبٌ
Bu it xuddi bo'riga o'xshaydi.
4⃣«
Ammo, lekin - لَكِنَّ»
Masalan: المَنْزِلُ صَغِيرٌ وَلَكِنَّ مَوقِعَهُ جَمِيلٌ
Uy kichkina, lekin o'rni chiroyli ekan.
5⃣«
Balki, shoyadki - لَعَلَّ»
Masalan: لَعَلَّ النَّصْرَ قَرِيبٌ
Shoyadki g'alaba yaqindir.
6⃣«
Qani edi, koshki - لَيْتَ»
Masalan: لَيْتَ الجُهَلاَءَ عَالِمُونَ
Qani edi, ilmsizlar ham ilmli bo'lsa!
Bu yuklamalardan gaplar, so'z birikmalariga bemalol qo'shimcha ma'no yuklayverasiz
✔️👍@Shams_oquvmarkaz|
#grammatika