Nuqsonli qadamlar mukammalidan afzal!
So’nggi yillarda
“avval boshlab keyin o’rganing” degan gapni o’zimga shior qilib oldim.
Chamasi 5 yil avval
“Maqsad” deb nomlangan kitob yozdim. Kitob yozish haqida na bilimim na tajribam bor edi.
Kompyuterim qarshisiga o’tirdimda, word’ni ochib klaviaturam bilan birinchi gapni yozishni boshladim. Oradan 1 yil o’tib kitob nashrdan chiqdi va O’zbekistondagi eng katta kitob taqdimotidan biri bo’ldi.
Hozir esa 40 mingdan ziyod inson tomonidan o’qilgan va 6 mingdan ortiq online fikrlarga ega.
“Mukammal ravishda bir joyda turishdan ko’ra, nuqsonli qadamlarni tashlagan ma’qul” degan Benjamin Franklin.
Do’stim sizga g’oya emas, harakat yetishmayapti!
@shahadolimov