View in Telegram
Loyiqmisiz? Muzqaymoqni paqqos tushirib, "shuni bekor yedimda, endi vaznimga ta'sir qiladi" kabi gaplarni vati-vaqti bilan o'zimizga gapirish holatlari bo'ladi. Zarar ekanligini bilamiz lekin afsusini qilib bo'lganimzdan keyin sezamiz. Afsuslarni kamaytirish yo'li bor! Masalan: bugun do'stingiz tavsiya qilgan filmni ko'rmoqchisiz. Film ko'rishingiz uchun, unga loyiq biror foydali ish qilgan bo'lishingiz kerak. 5 km yugurish yoki idish-tovoqlarni yuvib qo'yish yoki telegram kanalingizga post yozib qo'yish. Shu kabi sinovlarni o'zigizga qo'yib olsangiz, film tugagandan keyin "bekorga shunga vaqtimni ketkazdim, uni o'rniga biror foydali ish qilsam bo'lardi" degan gaplar ancha kamayadi. Sinovlar qancha qiyin bo'lsa, kalibr'ingiz kattalashayotgan bo'ladi. Mana shunga shaxsiy ma'suliyat deyishadi. Ya'ni hech kim ko'rmayotgan paytda ham o'zingizni bir ishga loyiq yoki loyiq emas ko'rishingiz. Esingizdan chiqmasin, eng muhimi birovlarni siz haqingizdagi fikri emas, o'zingizni siz haqingizdagi fikringiz. #xulosalar @shahadolimov
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily