IMRAD talabi bo‘yicha maqolalarni rasmiylashtirish tartibi:
1️⃣ ABSTRAKT (ANNOTATSIYA)
🔤 Muammoning qo‘yilishi;
🔤 Metodologiyani aniqlash;
🔤Asosiy topilmalar;
🔤Umumiy xulosa.
2️⃣ KIRISH
🟢 Tadqiqot ob'yektini belgilab olish (markaziy tushunchalarni mujassamlashtirish, mavzuni umumlashtirish, oldingi tadqiqot ob'yektlarini ko‘rib chiqish);
🟢 Muammoning markazga qo‘yilishi (mavzuga oid qarshi fikrlarni o‘rganish, masaladagi mavjud kamchilik va bo‘shliqlarni ko‘rsatish, an’anaviy xulosalarni tahlil qilish);
🟢 Tadqiqotning borish jarayoni (maqsadlarni tavsiflash, ayni vaqtdagi tadqiqot ishlarini e’lon qilish, asosiy ilmiy yangilik va topilmalarni hamda jarayonni tavsiflovchi natijalarni ta’kidlash.
🟢 ADABIYOTLAR SHARXI
3️⃣ METODOLOGIYA
🟢Ishonchli ma’lumotlarni yig‘ish jarayoni va ma’lumotlarni tahlil qilish metodikasi.
4️⃣ TADQIQOT NATIJASI
🟢Olingan natijalarni izohlash va uning ilmiy ahamiyatini ochib berish.
5️⃣ DISKUSSIYA (OLIMLARNING O‘ZARO BAHS-MUNOZARALARI)
🟢Kirish (ilmiy topilmalarni muhokama qilish va ularning ishonchliligini isbotlash ).
🟢Baholash (tahlil qilish, tushunchalarning ma’noviy tasnifi, adabiyotlarga havola, qo‘yilgan gipotezalar bo‘yicha xulosalar;
🟢Xulosa (tadqiqotning cheklanganligi (qamrov doirasi), o‘rganilmagan jihatlar bo‘yicha tavsiyalar).
6️⃣ XULOSA
🟢Xulosa aniq va qisqa, muammoning yechimiga qaratilgan va aniq takliflarga ega bo‘lishi lozim.
7️⃣ TASHAKKURNOMA
🟢Tadqiqot davomida muallifga yordam bergan olimlar, hammualliflar, tadqiqot o‘tkazilgan tashkilot va h.k larga muallifning tashakkurnomasi.
8️⃣ADABIYOTLAR RO‘YXATI
🟢Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Mendeley, EndNote va shu kabi dasturiy ta'minotlarda yuritish tavsiya etiladi.
📌📌📌P.S. Ko'proq foydali ma'lumotlarni SciencePlanet orqali o'qishingiz mumkin