View in Telegram
🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤 ➡️➡️➡️BY SCIENCEPLANET Uzoq kutganingiz - sun'iy intellektga asoslangan dasturlar haqidagi postimiz tayyor bo'ldi. O'ylaymanki, kutganingizga yarasha material yarata oldim. Bu kabi dasturlar hozirgi kunda juda ham ko'p, AI ga asoslangan instrumentlarni bilish esa zamon talabidir. Bu kabi dasturlarni Ilmiy faoliyatingizda to'gri ishlatsangiz, vaqt va qulaylik jihatidan ancha yutasiz. Unutmang, AI sizdek logik fikrlay olmaydi. Har bir bergan ma'lumotini aql tarozisi bilan o'lchab, ishlatganingiz nur ustiga a'lo nur. 1️⃣Grammarly - Ingliz tilida muloqot qilishga yordam beradigan sun'iy intellektga asoslangan onlayn platforma. Grammarly ingliz tilida samaraliroq yozishga yordam beradi va toʻgʻrilik, ravshanlik, jozibali va ohang boʻyicha tavsiyalar beradi. Web sayt ko'rinishida, browserda kengaytirilgan tugma va MS Word bilan yordamchi makros sifatida foydalanish mumkin. Bepul va Pullik versiyalari bor. 2️⃣Quillbot - 20 ga yaqin tillarda paraphrasing - parafraza qilishga yordam beradi. Umuman AI ulushini tekshirish, referencelarni to'g'ri tartiblash, Plagiatga tekshirish, tekstni umumlashtirish kabi qo'shimcha imkoniyatlarni ham taqdim etadi. Bepul va Premium versiyalari bor. 3️⃣ResearchRabbit - bu Internetda mavjud bo'lgan ilmiy adabiyotlardan foydalangan holda "iqtiboslarga asoslangan adabiyotlarni xaritalash vositasi". Bunday vositaning ko'lami siz rejalashtirishni boshlaganingizda ma'lumotnomalarni qidirish vaqtingizni optimallashtirishdir. Bunda bir yoki bir nechta adabiyotlarni metodlari, chiqqan yillari, bir-biri bilan bibliografik jihatdan yaqinligi tahlil qilishda ko'makchi hisoblanadi. Instrument tadqiqotingizni o'zgartirmasdan qo'llab-quvvatlash uchun mo'ljallangan 4️⃣JenniAI - ilmiy ishlarni yozishda ko'makchilardan biri- academic writing, Parafraza qilish, Summarizer - umumlashtirish, xulosalash, Essaylar yozishda katta yordamchilardan biri va dunyo tadqiqotchilari ichida 2024-yilda eng trendda bo'lgan AI ga asoslangan instrument. 5️⃣SciSpace - bu tadqiqotchilar, talabalar va mutaxassislarga akademik tadqiqotlarning murakkab dunyosida navigatsiya qilishda yordam berish uchun mo'ljallangan sun'iy intellektga asoslangan platformadir. U tadqiqot ishlarini tushunish, izlash va iqtibos keltirish jarayonini soddalashtirishga qaratilgan qator funksiyalarni taklif etadi. Bepul va premium versiyalari bor. 6️⃣Humata AI - Humata - bu PDF hujjatlarini qayta ishlash va tushunishni soddalashtirish uchun mo'ljallangan AI vositasi. Asosan PDF AI sifatida ishlaydigan Humata foydalanuvchilarning yuklagan ishlarini umumlashtirish, hujjatlarni solishtirish va aniq javoblarni qidirishni buyuradi. Ushbu PDF AI vositasi keng qamrovli texnik hujjatlar bilan shug'ullanadigan jamoalar va shaxslar uchun samaradorlik va tushunishni oshiradigan ko'p qirrali aktiv bo'lib xizmat qiladi. Bir necha turdagi bepul va pullik versiyalarini taklif etadi. 7️⃣Scopus AI - Akademik hamjamiyat bilan yaqin hamkorlikda yaratilgan bu toʻliq obunaga asoslangan yechim boʻlib, dunyodagi eng yirik koʻp tarmoqli va ishonchli mavhum maʼlumotlar va iqtiboslar maʼlumotlar bazasi boʻlgan Scopus-da topilgan inson bilimlarining keng doirasi orqali sizning ishonchli qoʻllanma boʻlib xizmat qiladi. Obuna(podpiska)ga asosan ishlaydi(narxini kurib chiqish kerak). Scopus AI faqat Scopus’da 2013-yildan beri nashr etilgan hujjatlarning metama’lumotlari va tezislaridan foydalanadi, bu ma’lumotlar bazasida aks ettirilgan 7000+ noshirlarning eng mos mazmunini aniqlaydi. Ma'lumotlar bazasi har kuni yangilanadi, javoblar har doim eng so'nggi ma'lumotlarga asoslangan bo'lishini ta'minlaydi. 8️⃣Web of Science AI Research Assistant - bu Web of Science ilmmetrik bazasining mahsuloti bo'lib, hozirda ishlov va beta- versiyani ishga tushirish jarayonida. ⚡️⚡️⚡️P/S. Hali bu ro'yxat davom etadi, SciencePlanetdan uzoqlashmang ➡️➡️➡️Imkon qadar bu ma'lumotni boshqa hamkasblarga ham yetkazing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily