#mustaqiltadqiqotchi🔣Xabaringiz bor har yili Mustaqil tadqiqotchilik uchun 4/4 choragi uchun qabul 15-iyuldan 15-avgustga qadar davom etar edi. Bu yil ozroq kechikish bo'lyapti (rasmiy ma'lumotni mas'ullardan kutib qolamiz)
Mustaqil tadqiqotchilik (PhD)ga oʼqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar1️⃣ Ariza
2️⃣Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka - namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha shaklda).
3️⃣ Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun)
4️⃣ Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi.
5️⃣Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
✅MAQOLA-ILMIY JURNALLARDA (mahalliy, xorijiy jurnal yoki OAK jurnali talabi yo'q)
✅ TEZIS-ILMIY KONFERENSIYA VA ANJUMANLARDA (mahalliy yo xorijiy)
6️⃣Ish joyidan tavsifnoma
7️⃣ Pasport nusxasi
8️⃣ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa)‼️Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali roʼyxatdan(OneID orqali) oʼtgan holda yuboriladi.Qabul jarayonlari va kerakli hujjatlar haqida ma'lumotlarni shu kanaldan topishingiz mumkin