View in Telegram
​​#nazm #tarjima "YOLG‘IZ" Qag‘ilaydi qarg‘alar Betartib uchishar shaharga tomon. Hademay yog‘ajak qor Yurti borlar naqadar baxtli! Nechun qotib qolding, Ko‘zing ortingda! Qochising befoyda, ey ahmoq, Zimistondan yiroqlarga! Bedil va bejon minglab sahroga, Ochilguvchi eshikdir dunyo! Inson sen ayrilganingda ayrilsa Bir joyda qolishi mumkinmas hech ham. Sen so‘libsan, ranging sariq Qish g‘urbatin la'natla, Mudom sovuqdur bu osmon Izlangan bir tutun kabi. Uchib ket, qush, kuyla Kuyingni sahro qushlari sasi ila, Ko‘m, yashir, jinnivoy, qonolud qalbingni, Muzlarning, jabhalarning ichiga! Qag‘illaydi qarg‘alar, Uchishar shahar tomon, to‘zib; Qayerlarda yog‘ajak qor, Yurti yo‘qlar uchun naqadar azob! ©Fridrix Nitsshe
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily