View in Telegram
​​#review #izlam 🌊"Daryo" 🌞Suhrob Ziyo Bir jom u - azob ham, baxt ham quyilar, Har kimmas-u, hech kim bo‘lib tuyular. Shoir - bir kishilik millat, doimo Millat shoiridan boshlab so‘yilar. Suhrab Ziyo qalamiga mansub "Daryo" qamrovidagi she'rlar daryodek jo‘shqin, epkinlari nafis, to‘lqinlari kuchga to‘la. Kitobda shoirning ilk bor yozgan she'rlaridan tortib, o‘z ijodining cho‘qqisiga chiqqan she'rlarni ham uchratish mumkin. Shoirning Shoir, Bilmayman, Qanoting yo‘q deya rad etdi osmon, Ko‘z yummadim, Yo‘l sotaman olinglar, Birliklar, Ishq, Falastin, Uzv, 2022.Ukraina, 18 go‘dak boshqa she'rlarga ko‘ra qofiyalarning to‘qligi, falsafiy ma'no yetakchi va qamrab olgan mavzusi kengligi bilan ajralib turadi. Xususan, Falastin she'rida shoir mifologik-diniy unsurlar orqali urush qabohatlarini ochib bersa, 2022.Ukraina she'rida absurtik-ekzisrensial asoslarga tayanib savashning dahshatli oqibatlari bilan o‘qirmanni yuzlashtiradi. 18 go‘dak she'ri esa ijtimoiy-maishiy mavzu bo‘lishiga qaramay, umumbashar muamolari yoritib berilgani bilan ajralib turadi. Suhrob Ziyo shunday ajib shoir, daryodek, ko‘hna azim daryodek, uning she‘rlari qadrli kuzatuvchilarga ham manzur bo‘lishi shubhasiz. Barchaga yoqimli mutolaa tilab, hurmat va ehtirom ila S.N.K P.s: 2024-yil o‘qilgan 51-kitob #photo_by Santuagara
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily