View in Telegram
Forwarded from Samarqandim jurnali
— Kimsan? — Ollohning yerdagi omonati. — Qayerda tug‘ilgansan? — Dadam ko‘milgan joyda. — Ma’lumoting? — O‘rta—Navoiyxon. — Kasbing? — O‘zbekchilik. — Taqdirlanganmisan? — Egam beshta o‘g‘il bergan. — Jazolaring bormi? — She’rlar yozganman. — Eng tayangan do‘sting? — Tamaki. — Eng qabih dushmaning? — Kasallik. — Sog‘lik o‘zi nima? — Intizomsizlik. — Nimadan huzurlanasan? — Ko‘ngil ovlashdan. — Nimadan qo‘rqasan? — Bolamga isnod keltirishdan. — Nima bemaza? — Vatansizlik. — Nima shirin? — Qutulish. — Hayotning ma’nosi? — Majburiylik. — O‘limning ma’nosi? — Joy bo‘shatmoq. — Armoning bormi? — Burgut emas, qaldirg‘ochman. — Yupanching? — Chittaklardan balandroqda uchdim-ku! — Eng to‘kis tarjimai holing? — Keldim. Yozdim. Ketdim... Anvar Obidjon ✔️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐Samarqandim.uz | Telegram | 🌐Instagram | Facebook |📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily