View in Telegram
SamDCHTI | Rasmiy
#Xalqaro_hamkorlik
Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov Turkiya Milliy ta’lim vazirligi tomonidan institutda ishlashi uchun tavsiya etilgan Bursa Uludag‘ universitetining ta’lim fakulteti, turk tili va ijtimoiy fanlar bo‘limi dotsenti O‘zan Ipek janoblarini qabul qildi. O‘zan Ipek institutning “Yaqin sharq tillari” kafedrasida 2025-yil 1-yanvar kunidan 2026-yilning 1-yanvar kuniga qadar faoliyat olib borib, talabalarga turk tilidan saboq beradi. Uchrashuvda institut rektori turk qardoshlar bilan o‘rnatilgan o‘zaro hamkorlik natijasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni e’tirof etdi va turkiyalik o‘qituvchining Samarqanddagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.
©
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
👉
@samdchtijamoasi
Share
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily
Start