SamDAQUning Xitoydagi amaliyot natijalari#6jan #AmaliyotMirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti, Xitoy Xalq Respublikasining
Nanjing Politexnika institutida “Qurilish muxandisligi”, “Atrof-muhit muhandisligi” va “Ijtimoiy va tabiiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari amaliyot bo‘yicha hisobot taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori
Mirolim Shodmonqulov, Qurilish fakulteti dekani
Javlonbek Suyunov va boshqa professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Taqdimotlar davomida quyidagi kafedralar vakillari amaliyot natijalari bilan o‘rtoqlashdilar:🟢 “Qurilish muxandisligi” kafedrasidan: Muradjon Xodjabekov, Shavkat Bo‘ribayev, Perviz Ahmedzade, Sherzod Yaxshiboyev, Azamat Otaqulov.
🟢 “Atrof-muhit muhandisligi” kafedrasidan: Husniddin Artikboyev.
🟢 “Ijtimoiy va tabiiy fanlar” kafedrasidan: Isomiddin Ergashev.
Professor-o‘qituvchilar Nanjing Politexnika institutida o‘quv jarayonlari, ta’lim dasturlari, pedagogik tajribalar hamda amaliyotlarda qo‘llanilgan innovatsion uslublar haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Institutning Xalqaro ta’lim maktabi direktori Shang Weilai bilan uchrashilib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish, yangi adabiyotlar yaratish, laboratoriya mashg‘ulotlari va ilmiy tadqiqot jarayonlarida hamkorlikda ilmiy ishlar olib borish va doktorantlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
#SamDAQU #XalqaroHamkorlik
SamDAQU Axborot xizmati@samdaqueduuz