#Ko'chma_kutubxona
📚A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot kutubxona markazi Samarqand tuman "Mirishkor" mahalla fuqarolar yig’ini o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Maqsad aholi o’rtasida Respublikamizda o’tkaziladigan muhim sanalarga bag’ishlangan madaniy-ma’rifiy va kitobxonlikga chorlovchi tadbirlarni uyushtirib borish, hamda aholi ayniqsa yoshlar va uy bekalarni kutobxonlikga jalb etishdan iboratdir. Shuningdek, mahalla qoshida badiiy kitoblardan iborat ko’chma kutubxona burchagi tashkil etildi, unda yigirmaga yaqin o’zbek adiblarining asarlari joy olgan.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt