Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!
Joriy yilning 22-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan
“Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shoir ostida Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli Qarshi shahridagi Oliy Harbiy aviatsiya bilim yurtiga
Senator Erkayev Abduraxim Panjiyevich va Qashqadaryo viloyatidan saylangan
Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a`zolari tashrif buyurdi.
Uchrashuvda
Senator Erkayev Abduraxim tomonidan bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularni yanada g‘ayrat-shijoat bilan olg‘a intilishga, vatan koriga yaraydigan munosib farzand bo‘lishga da’vat qilindi.
Shu bilan birga,
Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi Yusupov Shuxrat qonun ijodkorligi jarayoni, nazorat-tahlil tadbirlari, xalqaro uchrashuvlar xususida so‘z yuritib, jamiyatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, mamlakatimizda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, yoshlarga doir qonunlarning mazmun-mohiyatini tushuntirdi.
Uchrashuv so’ngida yoshlar o’zlarining taklif va muammolarini bildirdishdi.
📱Bizni kuzatib boring
👇
Rasmiy sayt | YouTube |
Instagram