Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Turkiya va Vengriya mamlakatlari yoshlari o‘rtasida ekologik hamkorlik
🇦🇿Boku shahrida bo‘lib o‘tgan
BMTning Iqlim sammiti (COP29) doirasida
Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Turkiya va
Vengriya mamlakatlari o‘rtasida 2024-2030-yillarda barqaror rivojlanish madaniyatini targ‘ib qilish va bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha xalqaro strategiya imzolandi.
Ziroat Mirziyoyeva COP29da ishtirok etayotgan
yoshlarning global barqaror rivojlanishga hissa qo‘shishga tayyorligini yuqori baholab, shunday
dedi: “Biz yosh avlod bilan tizimli va muntazam “iqlim muloqoti”ni o‘rnatish, ekologik startaplarni qo‘llab-quvvatlash orqali yoshlarimizning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish imkoniyatlarini kengaytirish tarafdorimiz”.
Shuningdek,
butunjahon yoshlarini O‘zbekistonda birlashtirish, yirik xalqaro loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan
“Butunjahon yoshlar ofisi” nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etilib, uning Bosh qarorgohi etib, Toshkent shahri belgilandi.
#COP29 #EcoSchoolsUzbekistan
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube