🇺🇿Kuni kecha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi
Saida Mirziyoyeva Kitob olami majmuasida
yoshlar bilan samimiy
muloqot o‘tkazdilar.
Muloqot avvalida Saida Mirziyoyeva
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi va uning atrofidagi
tashabbuskor yoshlarning loyihalari bilan tanishib, ularni qo‘llab-quvvatlashini hamda doimo kuzatib borishini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida
talaba-yoshlarning fikrlari va takliflariga alohida eʼtibor qaratilib, ularni hayotga tatbiq etish hamda kelajakda qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar bilan ochiq va samimiy muloqotlar anʼanaga aylanib, muntazam davom ettirilishi qayd etildi.
Milliondan ortiq talabaning muammolari, tashabbuslari va takliflarini eshitish uchun bunday muloqot platformasi juda zarur edi. Buning uchun Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan
Saida Mirziyoyevaga chuqur minnatdorchilik bildiramiz!
Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube