Savol: yoqqanda yoki yog‘ganda?
Bu savolga javob matn qaysi alifboda yozilishiga qarab turlicha bo‘ladi. Biz hanuz ikki alifbodan birdek foydalanayotgan davlat bo‘lib qolayotgan ekanmiz, har ikkisining qoidalarini bilib qo‘yganimiz o‘rinli bo‘ladi.
— Kirill alifbosida
O‘zagi
ғ harfi bilan tugaydigan so‘zlarga
-га, -ган, -ганча, -гунча,
-гани kabi qo‘shimchalar qo‘shilsa, talaffuzda ham, yozuvda ham tovush almashishi (
қ + қа) kuzatiladi:
Тоғ + га = тоққа
Ёғ + ган = ёққан
Оғ + гунча = оққунча
— Lotin alifbosida
O‘zagi
g‘ harfi bilan tugaydigan so‘zlarga
-ga, -gan, -gancha,
-guncha,
-gani kabi qo‘shimchalar qo‘shilsa, faqatgina nutqda tovush almashishi kuzatiladi (
q + qa), yozuvda esa aslicha qolaveradi (
g‘ + ga):
Tog‘ + ga = tog‘ga
Yog‘ + gan = yog‘gan
Og‘ + guncha = og‘guncha
— Talaffuzda
Aslida, talaffuzda ham tovushlar o‘zgaradi:
boshi oqqan tomonga ketdi, qor yoqqanda boqqa boramiz.
Ammo so‘nggi paytlarda aslicha aytish ham urfga kiryapti. Balki, bir necha yillar o‘tib, so‘zlashuvdagi holat ta’sirida yozilganidek aytilishi (
bog‘ga, yog‘ganda...) me’yorga aylanib qolar.
—
Demak, yozuvda:
Қор ёғганда
❌
Қор ёққанда
✅
Qor yoqqanda
❌
Qor yog‘ganda
✅
@xatoliklar
@xatoliklar_lotin