🏦 Xalq banki Boshqaruv Raisi yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
✍️ Yurtimizda yoshlarning ta'lim olishi, kasb-hunar egasi bo‘lishi va o‘z salohiyatini namoyon etishiga qaratilgan e'tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
Bugun Xalq Bankida Boshqaruv Raisi va yosh bankirlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
💬 Uchrashuvda yoshlar siyosati sohasida olib borilayotgan islohotlar, Xalq Banki tizimida faoliyat yuritayotgan yosh kadrlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar hamda kelgusi yil uchun rejalar muhokama qilindi. Bank rahbari yoshlar takliflarini tinglab, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga doim tayyor ekanini ta'kidladi.
📝 Ma'lumot o‘rnida, Xalq Banki yoshlarni ta'lim olishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda faol ishtirok etayotgan banklardan biridir. Joriy yilda bank tomonidan to‘lov kontrakti asosida o‘qishga kirgan va tahsil olayotgan talabalar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida Ta'lim kreditini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi. 1-dekabrgacha 10mingdan ortiq talaba ushbu imkoniyatdan foydalanishga ulgurgan va 145mlrdga yaqin onlayn ta’lim krediti ajratilgan.
🌐 Facebook |
🌐 Instagram
🌐 Telegram |
👍 YouTube