Смотреть в Telegram
#Mulohaza 🧨SAKKIZLIK ➀ Keksalarni uzoq umr ko'rganligi uchungina emas, hayot sinovlariga uzoq bardosh bergani uchun ham hurmat qilmoq kerak. ➁ YAxshigayam, yomongayam birdek yaxshi ko'rinishga urinadigan odam eng xavfli odamdir. ➂ Sartaroshni suvoqchi qilib qo'ysangiz, devorga sovun ko'pigi surtadi. Etikdo'zni sartarosh qilsangiz, odamni boshiga mix qoqadi... ➃ Ertalab turganingda, kunduzi yurganingda, kechasi uxlaganingda hech qaering og'rimasa shuning o'zi baxt! ➄ Dunyoda mehrdan arzon narsa yo'q. Bir og'iz shirin so'z, bir chimdim mehr kimni o'ldiribdi! Biz esa shuni ham bir-birimizdan ayaymiz.. ➅ Mushuk o'zi itdan qochib daraxtga chiqadi-yu, yana daraxtdagi qushlarga dag'-dag'a qiladi... ➆ Insonning bahosi bu dunyoda o'zi olgani bilan emas, o'zidan qolgani bilan belgilanadi. ➇ Daraxt bir joyda ko'karadi, deyishadi. To'ppa-to'g'ri, bu gap daraxtlarga juda mos tushadi. Odamlarga emas! ©O'tkir Hoshimov ✯┄┅┅✿❀★❀✿┅┅┄✯     @Buyuklar_sozlari ✯┄┅┅✿❀★❀✿┅┅┄✯
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств