Yomg'irli kunimNizosi kuchaydi yer bilan ko'kning,
Samo hozirlandi bir kun yig'iga.
Shu mash'um kunda ham baxtiyorligim,
Bir beg'am insonning tegar jig'iga.
Yo'l bo'yi rad etdim soyabonlarni,
O'zimni quchoqlab ketdim yo'l bo'yi.
Biram yarashibdi menga yurishim,
Qaltiragan ko'yi, titragan ko'yi...
Men hatto shunchalik saqladim o'zni,
Boqmadim baxt haqda kuylaganlarga.
Bu yolg'iz ruhimni berib qo'ymadim,
Yo'limizni bir deb o'ylaganlarga.
Men yo'l yuraverdim sarkash boshimning
Hatto sezilmadi toshga tekkani.
Va keyin Xudodan ayon ham bo'ldi,
Bechora toshning ham baxtim ekani.
Nihoyasi keldi va o'sha kunning,
Yomg'irli kunmidi? Men bilolmadim.
O'yladim, bir lahza tasavvurimga
Quyoshli kunimni sig'dirolmadim.✍Venera
@venera_inoyatovna