#taklifnoma
Bir soatlik virtual mutolaa
Bilsangiz ham kerak, YouTube'da #studywithme (#birga_mutolaa) vloggerlari bor. Ular o'zlarining kitob o'qishlarini YouTube'ga joylab, shu orqali boshqa insonlarga ham kitob o'qishga motivatsiya beradilar.
Boshqalar ham ularga ergashib kitob mutolaa qilish orqali fokuslarini jamlashni va 1~2 soat davomli kitob o'qiy olishni odat qilib olishadi. Keling biz ham sekin-astalik bilan #reja_2025 ni amalga oshirishga kirishaylik.
Bugun 20:00 da YouTube orqali virtual mutolaa qilamiz:
https://youtu.be/vozQnS9msZY?si=lBgA7Upr3j7vPOqJ
Nimalar kerak bo'ladi?
- Avvalo xohish va iroda
- Sevimli kitob
- Telefon*
*Telefoningiz orqali yuqoridagi linkka kiring va telefoningizni qo'lingiz yetmaydigan joyga joylab qo'ying. Sokin musiqa + yomg'ir sadosi ostida mutolaa qilishga kirishing. Tabiiyki, chalg'ib ketmaysiz, chunki telefoningiz band :) Virtual mutolaa tugagach, shu post (yoki YouTube) izohiga necha bet kitob o'qiganingizni qoldiringki, boshqalarga ham motivatsiya bo'lsin!
Demak, ko'rishguncha!
🍉 @v_turakulov_stories