Inaguratsiyasidan ikki kun oldin Donald Tramp nima qildi?
To’g’ri. Butun kripto sanoat vakillarini, milliarder do’stlarini yig’ib bazm qildi va eng muhimi $TRUMP degan meme-tanga
chiqardi. Va, bir kechada o’z boyligini bir necha milliardga oshirib oldi (qog’ozda hozircha). MAGA harakatini monetizatsiya qildi-da endi.
Qizig’i shundaki, bu tanganing 80% investorlari insayderlar va ular tangani keyingi 3 yil ichida sota olishmaydi, bu degani prezidentlik davrida nima bo’lsa ham Tramp shu tanganing narxi oshishidan to’g’ridan to’g’ri manfaatdor.
Navbatdagi scam, navbatdagi ichki qiymati bo’lmagan kripto-tanga. Adliya vazirligi ham, qimmatli qog’ozlar regulyatori ham pro-Tramp, ya’ni pro-kripto ekanliklarini inobatga olsak, bunisi uzoqroq davom etadiganga o’xshaydi.
Xullas, inaguratsiyadan ikki kun oldin kripto-tanga chiqarib targ'ibot qilyapti. Ular esa do'konlardagi tuxum narxini tushirish, uy narxlarini tushirish, urushlarni to'xtatish bilan band bo'ladi deb o'ylashgan edi.
@uzbekonomics