Смотреть в Telegram
Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog
Sotuvchi va xaridor nutai nazaridan qaraganda qaysi biri to’g’ri:

P(b) - Bozor narxi P(s) - Sotuvchi tovarga bergan qiymat P(x) - Xaridor tovarga bergan qiymat
Ha, bu joyda ko’pchilik narxni belgilash nuqtai nazaridan qaradi. Ya’ni, agar mahsulot narxi 5$ bo’lsa, sotuvchi undan yuqori narxga sotishni o’ylaydi, oluvchi esa undan pastroq narxga sotib olishni xohlaydi. Ya’ni: P(s)>P(b)>P(x) #Lekin bu yerda men narx bo’yicha savol bermadim, balki o’sha mahsulotga sotuvchi va oluvchining bergani qadr-qiymati nuqtai nazaridan savol berdim. Tasavvur qiling siz kichik sexingizda paypoq ishlab chiqarasiz va uning narxi 5 ming so’m. Siz uni 5 ming so’mga bemalol sotaverasiz, chunki, sizning nuqtai nazaringizda paypoqning (qadr-)qiymati 5 ming so’mdan kichik [P(s)<P(b)]. Siz aynan shuning uchun, ya’ni, paypoqning umumiy xarajati (qiymati) 5 ming so’mdan oshib ketmasligi uchun bosh qotirib mehnat qilgansiz. Agar umumiy xarajatlar 7-8 ming bo’lib ketganidan edi, siz uni 5 ming so’mga sotishga rozi bo’lmas edingiz. Unga siz ko’proq qiymat berar edingiz. Oluvchi ham unga 5 ming so’m berishga rozi, chunki, uning uchun bu paypoq 5 ming so’mdan ko’proq foyda (utility) olib keladi. Boshqacha qilib aytganda xaridor paypoqning qiymatini eng kamida 5 ming so’m yoki undan yuqori deb bilgani uchun ham uni shu narxga sotib oladi [P(b)<P(x)]. ✔️P(s)<P(b)<P(x) *Bozor mexanizmi ajoyib narsa: unda real qiymati qandaydir birlikka ega bo’lgan bir mahsulot, shaxsning xohish-istaklari va holatiga qarab turlicha baholanadi. **Aslida, agar har bir mahsulotning narxi uning real qiymatiga qarab baholanganida edi, bir paypoqning narxi 100-200 ming ham bo’lishi ham mumkin edi. Chunki, odamlar, ayniqsa sovuq kunlarda, unga juda ham muhtojlar (shu darajada yuqori qadr-qiymat beradilar). Yaxshiyamki, mahsulotlarga narx mutloq emas, nisbatan beriladi… narx nisbiy talab va taklifga nisbatan shakllanadi. ***Bu post iqtisodiydan ham ko'ra ko'proq falsafiy. Bir tafakkur qilib ko'ring. @v_turakulov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Бот для знакомств