Смотреть в Telegram
#imtihon_2024 #Prezident_maktablari_tajribasi #Kembrij_oʻquv_dasturi ⚡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Prezident maktablari tajribasi asosida tashkil etilgan o‘zbek va qoraqalpoq tilidagi 5-sinflarga kirish imtihonlari o‘tkazildi. Kirish imtihonlari bugun, 14-noyabr kuni Nukus shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida bo‘lib o‘tdi. Imtihon jarayonlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilib, bir bosqichda, matematika va ingliz tili fanlaridan 30 tadan jami 60 ta topshiriqlarni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt berildi. Qabul jarayonida jami 315 nafar o‘quvchi hujjat topshirgan bo‘lib, ulardan 96 nafari o‘zbek sinfiga, 219 nafari qoraqalpoq sinfiga to‘g‘ri keldi. Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan 20 nafar o‘quvchi o‘zbek sinfiga, yana 20 nafar o‘quvchi esa qoraqalpoq sinfiga qabul qilinadi. Ma’lumot o‘rnida, tashkil etilayotgan ushbu sinflarda Kembrij dasturi asosida o‘qitish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Mazkur sinflarga muntazam ravishda Nukus shahridagi Prezident maktabining xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari tomonidan metodik yordam koʻrsatib boriladi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram Center
Telegram Center
Канал