Смотреть в Telegram
Texnologiya fanidan oʻquv dasturi muhokama qilindi Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Respublika taʼlim markazining “Texnologiya ” fani boʻyicha Ilmiy metodik kengashning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda vazirlik masʼullari, Texnologiya fani mutaxassislari, olimlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, Respublika taʼlim markazi metodisti ishtirok etishdi. ❗️Bugungi Ilmiy kengashda umumiy oʻrta taʼlim maktablarining  5-sinf Texnologiya fani oʻquv dasturi muhokama qilindi. Jumladan: Dasturga kiritilgan yangi “Zamonaviy texnika va texnologiyalar” bobi orqali o'quvchilarni kasb hunarga yo'naltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishish, Duradgorlik ustaxonasi, yog'ochlardan buyum yasash bosqichlari, Xalq hunarmandchiligi ish usullari, ijtimoiy - iqtisodiy texnologiya asoslari, Robototexnika yo'nalishidagi mavzular, O'zbek milliy oshxonasi, Tikuvchilik, zamonaviy kashtachilik Agrotexnologiyaning asosiy yo'nalishlari, bog'dorchilik, gidraponika kabi mavzular tahlil qilindi. Shuningdek, STEAM yondashuvi asosida mavzular ham takomillashtirildi. ⚡️Kengash davomida mutaxassislar tomonidan oʻquv dasturda Texnologiya fanini oʻqitishda oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini rivojlantirish zarurligi haqida mulohazalar oʻrtaga tashlandi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram Center
Telegram Center
Канал