Смотреть в Telegram
Trampning boshqa tayinlovlariga qaraydigan bo'lsak keyingi administratsiya siyosati vektorini ko'rish mumkin. Birinchi prezidentligi muddatida qilgan birinchi ishlaridan yana biri bu "Muslim ban" edi. Esingizdami? Aholisining aksariyatini musulmonlar tashkil etadigan ba'zi mamlakatlar fuqarolari uchun AQShga kirishga ta'qiq e'lon qilgandi. Albatta, u ta'qiq uzoqqa bormadi va Tramp sudga berildi va yutqazdi. Ana o'sha siyosatning arxitektori bo'lgan Stiven Miller yana administratsiyaga qaytib Trumpga siyosiy masalalar bo'yicha maslahatchi bo'lishi kutilayapti ekan. Qaytaraman, Muslim banni yaratgan va tarafdori administratsiyaga qaytyapti. Stiven Miller nafaqat Muslim banni yaratgan, balki oxiri haftalar davomida qilgan gaplari ham e'tiborga molik: "Amerika faqat amerakaliklar uchun va boshqa hech kimga emas" deb Trampning saylovoldi rallisida nutq qilgandi. Aytgancha, Stiven Miller Tramp aloqasi yo'qligini aytib keladigan Project 2025 ning hammualiflaridan biri hisoblanadi. Boshqa tayinlov, Tom Homan, chegarani mustahkamlash va noqonuniy immigrantlarni deportatsiya qilishga mas'ul qilib tayinlanibdi. U ham Project 2025 ning hammualiflaridan biri. Yangi administratsiya ishni boshlagan kundan boshlab va'da qilingan keng ko'lamli deportatsiyalarni boshlaymiz deyapti. Men hech qanday shubxa qilmayman, Tramp barchaga va'da qilganidek noqonuniy immigrantlarni deportatsiya qilishni boshlaydi va bunda Tom Homan eng katta mirshab bo'lib ishlaydi. Yana bir kutilayotgan tayinlov bu Senator Marko Rubio. Davlat kotibi bo'lishi kutilayotgan ekan, hali aniq emas. Urushni to'xtatish emas, "oxirgacha oborishni" hohlaydi. Bu hali hammasi emas. Aslida, hali boshlanmadi ham. @uzbekonomics
Telegram Center
Telegram Center
Канал