Смотреть в Telegram
​​Odamlarning iqtisodiyot haqidagi tasavvurlari ular qaysi partiyaga yaqin ekanliklari va o'sha davrda qaysi partiya hokimiyatda ekanligiga bog'liq. Mana bu grafik shuni yaqqol ko'rsatadi. Obama paytida respublikachilar iqtisodiyotni yomon ahvolda deb o'ylashgan, Trampning birinchi muddatida esa demokrat bo'lgan aholi iqtisodiyot ahvoliga salbiy baho berishgan. Bayden paytida yana respublikachilar. Odamlar iqtisodiyotning ahvoliga doimo holis (unbiased) baho bera olmaydilar. Ayniqsa tarafkashlik partiya bilan o'lchanganda. Biroz avval aytganimdek, respublikachilarning iqtisodiyot haqidagi tasavvurlari bugundan boshlab keskin o'zgarishi tabiiy bo'ladi. Tramp hali hech narsa qilish ulgurmasa ham. @uzbekonomics
Telegram Center
Telegram Center
Канал