Смотреть в Telegram
"AQShdagi prezidentlik saylovlari bu iqtisodiyot haqidagi masala, ahmoq" 1992 yilgi Bill Klinton kampaniyasida yangragan bu gaplar bu yil ham aktual. Ya'ni, mazmun shundan iborat ediki saylovchilar hukumatdan qoniqish hosil qiladimi yoki yo'qmi, uni qayta saylaydimi yoki yo'qmi, bu iqtisodiyotdagi vaziyatga bog'liq. Bu yilgi saylovdachi? AQSh iqtisodiyoti har qachongidan kuchliroq, ishsizlik ko'rsatkichi tarixiy minimumda, inflyatsiya darajasi ham target bo'lgan 2%ga yaqinlashib qolgan, mehnat samaradorligi bo'yicha, va boshqa ko'rsatkichlar bo'yicha AQSh iqtisodiyoti boshqa rivojlangan mamlakatlarnikiga qaraganda ancha barqaror. Va, bu ko'rsatkichlar Bayden prezidentligi paytida bo'ldi (hammasi ham Bayden sababli degani emas, albatta, lekin fakt shundaki Bayden kuchli iqtisodiyotni qoldirib ketmoqda). Unda savol tug'iladi, nima uchun ovoz beruvchilar mana shunday kuchli iqtisodiyotni ta'minlagan administratsiyani qayta saylamadi (Harris = Bayden administratsiyasi)? Gap shundaki, bu yil ovoz beruvchi amerikaliklar uchun nafaqat iqtisodiyot, balki aynan uning bir ko'rsatkichi - inflyatsiya muhim edi. To'g'rirog'i inflyatsiya haqidagi tasavvurlarga qarab. Kechagi saylovdan keyingi ekzit-pollar ham shuni ko'rsatibdi. Siz uchun bu saylovda eng muhim omil nima deb so'ralganda birinchi o'rinda 35% odamlar demokratiyaga tahdid deyishgan, lekin ularning 81% Trampni demokratiyaga tahdid deb hisoblashgan. Eng muhimi, ikkinchi o'rinda, 31% ovoz beruvchilar inflyatsiyani o'zlariga muammo sifatida ko'rishgan, va ularning 79 foizi Trampga ovoz bergan. Soddalashtirish uchun - "do'kondagi tuxum, restorandagi gamburger va zapravkadagi benzin narxlari hozirda 4-5 yilga qaraganda qimmatroq edi, u paytda D.Tramp prezident edi, narxlar hozir amaldagi administratsiya davrida oshdi, biz narxlarni yana o'sha arzon paytiga qaytishni hohlaymiz" degan saylovchilar Trampni sayladilar. Biroq, jumboq shundan iboratki, Trampning iqtisodiy siyosati narxlarni, inflyatsiyani yanada to'g'ridan-to'g'ri oshirishi kutiladi. Harris lageri ham mana shunga yetarlicha urg'u bermadi deb o'ylayman. Ikkinchidan, kecha Trampni saylagan ovoz beruvchilarda hozirgi iqtisodiyot haqidagi tasavvurlar keskin o'zgarishini kutish mumkin. Axir, inflyatsiya target bo'lgan 2% foiz darajaga tushib bo'lganku. Aytgancha, saylovchilar uchun tashqi siyosat ham (4%), immigratsiya masalasi ham (11%) bozordagi narx-navo haqidagi fakt va tasavvurchalik muhim emas. @uzbekonomics
Telegram Center
Telegram Center
Канал