Trampning iqtisodiy dasturidan.
#1. Import bojlarini oshirish.
AQShga kelayotgan barcha import tovarlarga bojlarni o'rnatish, mavjud bo'lgan bojlarni yanada oshirish. Barcha tovarlarga boj 20%, Xitoydan kelganlariga 60% va AQSh korxonalari chetda ish o'rni yaratsa ularni qo'shimcha soliqqa tortish. Trampning
fikricha, "import bojlari, bu dunyoda o'ylab topilgan eng yaxshi narsa". Aql bovar qilmaydigan gaplar-a?
Uning argumenti taxminan mana
bunday:
"xorij mamlakatlar, asosan Xitoy, ularning ishlab chiqaruvchilari bizning bozorimizni arzon tovarlar bilan to'ldirishmoqda va shu bilan bizni zaifligimizdan foydalanishmoqda, ustimizdan kulishmoqda. Shuning uchun biz ular yuboradigan barcha tovarlarga boj o'rnatamiz va ularga to'latamiz."
Bunga javoban, iqtisoddan biroz bo'lsa ham xabari bor bo'lgan odam, yoki mantiqan o'ylab ko'ra oladigan odam, yoki shunchaki oddiy iste'molchi aytishi mumkin:
"agar Xitoydan kelayotgan o'yinchoq yoki pampersga boj o'rnatsangiz uni Xitoy hukumati yoki xitoylik ishlab chiqaruvchi emas, shu o'yinchoqni AQShga olib kelayotgan mahalliy importyor to'laydiku" deb.
Trampning javobi esa taxminan mana bunday:
"Yo'q, biz o'rnatadigan import bojlarning amerikalik iste'molchilarga umuman og'irligi tushmaydi. Narxlar ham oshmaydi."
Vaholanki, bular mutlaqo xato fikrlar. Narx albatta oshadi. Nimaga? Ikkita sabab:
1. Import bojlarini chet ellik "yovuz" hukumatlar yoki g'alamis kapitalistlar emas, mahalliy iste'molchi o'z cho'ntagidan to'laydi. Keladigan o'yinchoq narxi chegarada oshsa, ichkarida ham oshadi. Import qiladiganlar boj deb oshgan narxni o'zlari qoplamaydilar, ular albatta oshgan narxni zanjirdan pastga - iste'molchiga yuboradilar. Mana shuni yaqinda AQShdagi bir nechta bizneslar aytibdi, WaPost da
maqolada. Ya'ni, ular Tramp yutishini kutgan holda va u siyosatini amalga oshira olsa - o'zlari ishlab chiqaradigan va import qiladigan barcha tovarlarning narxini oshirishni reja qilib turgan ekanlar.
2. Inflyatsiyani oshiradigan eng katta omillardan biri bu inflyatsion kutilmalar. Ya'ni, masalan xom-ashyo ertaga oshishini bilgan ishlab chiqaruvchi oldindan narxlarini oshirishni boshlaydi. Ishchilar ko'proq maosh so'rashni boshlaydilar vhkz. Mana shunday kutilmaga asoslangan harakatlarni o'zi narxlarni oshiradi.
Import bojlarini chet-el hukumatlari yoki chet ellik ishlab chiqaruvchilar emas, mahalliy importerlar va mahalliy iste'molchilar to'laydi. Tramp aytayotgan - Xitoyga boj to'latamiz degan gap bu xuddi "chegarada devor qurdirib Meksikaga to'latamiz" degan rubrikadan.
Aytgancha, bu hammasi emas. Trump tariflarni oshirish bilan bir paytda daromad solig'idan voz kechmoqchi. Ya'ni, tushumlar endi soliqdan emas, xorij mamlakatlari to'laydigan bojlar evaziga to'ldirmoqchi ekan....
@uzbekonomics