***
Opa, qara o'ylarim qolib,
Armon dilni quchib ketdi-yo!
Chap ko'ksimni zarb bilan yorib
Qaldirg'ochlar uchib ketdi-yo.
Bo'g'zimga bir og'riq qadalar
Lablarimdan to'kiladi jon.
Ko'nglimizdek keng bu dalalar
Tor bo'lishga ulgurdi qachon?!
Opa, balki qildimmi g'o'rlik?
Huv tog'larga yig'lablar berdim.
Meni suyab o'stirgan sho'rlik
Yana o'sha yelkangga keldim.
Keldim, sochim chigillarin yoz
Bir taskin ber menga tinmasdan.
Sen ko'nglimni quchog'ingga bos,
Hayot meni chayr qilmasdan.
Opa, topding bariga yechim
Yana senga yozayapman she'r!
Ishon, sendan so'nggi o'tinchim
Bolalikka chipta topib ber.
✍🏻 Durdona BAHODIROVA
🎙 Shahina Usmonova
https://t.center/us_ijodkor_qiz