#tavallud
24-yanvar – shoir Najmiddin Ermatov tavallud topgan kun!
Tun.
Yomg‘ir.
Qorishiq ifor.
Uchqur xayol, qadamlar asta.
Borliqqa sochilib keladi ketging,
Yomg‘ir bo‘lsam kerak, aslida.
Sen yo‘qsan.
Hech kim yo‘q.
Nimalardir bor.
Nenidir tuyarsan yomg‘ir ostida.
Men axir osmonda yashaganmanku,
Ne qilib yuribman zamin ustida.
Shayton.
Ta’qiq.
Va o‘sha meva—
Afsus bor quvg‘indi odam naslida.
Negadir ularga aloqam yo‘qdek,
Yomg‘ir bo‘lsam kerak, aslida.
✍🏻 Najmiddin ERMATOV
🎙 Shahina Usmonova
🎬 Shamsiyevna
https://t.center/Najmiddin_Ermatov/1209 telegram kanaliga obuna bo'lamiz!
@us_ijodkor_qiz bilan birga!