❓Ko‘chma savdo do‘konlari uchun kadastr pasporti talab etiladimi ?
Javob: Yo‘q, talab etilmaydi.
Qonunchilikka ko‘ra, mol-mulk fuqarolik huquqlari obyekti sifatida ko‘chmas mulkka va ko‘char mulkka bo‘linadi. Ko‘chmas mulk jumlasiga kirmaydigan mol-mulk ko‘char mulk hisoblanadi. Ko‘char mulkka kadastr pasporti berilmaydi va unga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi.
Ko‘chma savdo joyini ijaraga olish huquqi “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksionda sotiladi. Bunda elektron onlayn-auksion g‘olibiga ko‘chma savdo joyi ko‘pi bilan 36 oygacha ijaraga beriladi, ko‘chma savdoning “K-SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma yer uchastkasi ijarasi shartnomasiga tenglashtiriladi.
#savol_javob #huquqvaqti
Kanalga ulanish: https://t.center/tvkadFacebookInstagram